Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Sport 15/04/2025 O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida debyut o‘yinida Kuvaytni yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida debyut o‘yinida Kuvaytni yirik hisobda mag‘lub etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy xokkey terma jamoasi Jahon chempionatida muvaffaqiyatli start qilib, Kuvayt jamoasini 13:3 hisobi bilan mag‘lub etdi.

O‘yinda ayniqsa Vadim Kravchenko va Salohiddin Azimov ajralib turdi — har ikkisi xat-trik qayd etdi. Artyom Malsev esa raqib darvozasiga ikki marta shayba kiritib, g‘alabaga katta hissa qo‘shdi. Shuningdek, Ilya Nazarevich, Pavel Sinyavskiy, Jasurbek Rustamxonov, Javohir Rasulov va Daniel Kogan ham aniq zarbalar bilan o‘z nomlarini snayperlar ro‘yxatiga yozdirishdi.

Bu ishonchli g‘alaba O‘zbekiston terma jamoasiga turnirning qolgan o‘yinlariga ishonch va yuqori kayfiyat bilan tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling