Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, 7-dekabrdan boshlab Xivaga tezyurar "Afrosiyob" poyezdlari yo‘nalishi ochiladi, degan ma’lumotlarni rad etdi.
Kompaniyaning rasmiy bayonotida bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi qayd etilgan.
Shuningdek, kompaniya ma’lumot berishicha, Buxoro – Urganch – Xiva temir yo‘l uchastkasida elektrlashtirish ishlari doirasida haqiqatdan ham "Afrosiyob" poyezdining sinov tarzda harakatlanishi amalga oshirilgan.
Bu bosqich yangi yo‘nalishni sinovdan o‘tkazish hamda infratuzilmaning to‘liq foydalanishga tayyorligini tekshirish dasturining bir qismi ekanligi kompaniya tomonidan ta’kidlangan.