O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Belarus bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Belarus Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Belarus hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Joriy yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi yuzasidan fikr almashildi.