Valyuta kurslari 09/01/2025
$1 – 12962.98
UZS – 0,11%
€1 – 13377.80
UZS – -0,92%
₽1 – 123.68
UZS – 2,21%
Qidirish
O‘zbekiston 07/01/2025 O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Yevropa diplomatiyasi rahbari bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Yevropa diplomatiyasi rahbari bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 7-yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili — Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Bu O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining yaqinda lavozimga tayinlangan Yevropa diplomatiyasi rahbari bilan ilk muloqoti hisoblanadi.

Suhbat davomida tomonlar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Diplomatlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda erishilgan yutuqlarni qayd etib, bo‘lajak Markaziy Osiyo — YEI sammiti hamkorlikni yanada chuqurlashtirishda muhim qadam bo‘lishiga ishonch bildirdilar.

«Allaqachon katta yutuqlarga erishilgan va oldimizda yangi marralar turibdi. Joriy yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo — YEI sammitini katta ishtiyoq bilan kutmoqdamiz», — dedi Baxtiyor Saidov.

Eslatib o‘tamiz, ilgari 2024-yil bahoriga rejalashtirilgan sammit Samarqandda 2025-yilda o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Tadbir Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda iqtisodiyot, xavfsizlik va barqaror rivojlanish sohalarida strategik masalalarni muhokama qilish uchun muhim maydonchaga aylanishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling