Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat davomida Baxtiyor Saidov Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Aktau shahrida ro‘y bergan fojeali aviahalokat munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.
Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning tez orada sog‘ayib ketishini tiladi.