O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 11-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari B. Usmanov Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Takashi Hatori bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi O‘zbekiston-Yaponiya kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, joriy yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi yuzasidan fikr almashildi.