Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
O‘zbekiston tarixida birinchi marta farg‘onalik 130 yoshli momoning tug‘ilganlik fakti belgilandi

O‘zbekiston tarixida birinchi marta farg‘onalik 130 yoshli momoning tug‘ilganlik fakti belgilandi

O‘zbekiston tarixida birinchi marta farg‘onalik 130 yoshli momoning tug‘ilganlik fakti belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Buvaydalik Huvaydo momoning yoshi 130 ekanini isbotlovchi fakt topildi. Endi u rasman O‘zbekistondagi eng yoshi ulug‘ inson hisoblanadi. Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, vazirlik tashabbusi bilan o‘tkazilgan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi davomida Buvayda tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning “Qoraqum” MFYda amalga oshirilgan xatlovlarda 1895 yilda tug‘ilgan Umarova (Toshmatova) Huvaydo momoning tug‘ilishi qayd etilmagani aniqlandi.

Buvayda tumani adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan daʼvo ariza qanoatlantirilib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining Buvayda tumani “Qoraqum” MFYda o‘tkazgan sayyor sud majlisida Huvaydo momoning 1895 yil 1 yanvarda Buvayda tumanida tug‘ilganlik fakti belgilandi.

Huvaydo momo Guinness rekordlar kitobiga dunyodagi eng yoshi ulug‘ inson sifatida ham kiritilishi mumkin.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling