O‘zbekiston taekvondochilari OCHda 11 medal oldi
O‘zbekiston taekvondochilari OCHda 11 medal oldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida bo‘lib o‘tgan WT Osiyo chempionatini 11 ta medal bilan yakunladi.
Musobaqaning so‘nggi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yana uchta kumush medalni qo‘lga kiritdi. 68 kilogrammgacha vazn toifasida Diyorbek To‘xliboev, 80 kilogrammgacha vaznda Jasur Jaysunov va 57 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda Madina Mirabzalova finalga qadar yetib bordi. Biroq hal qiluvchi janglarda raqiblariga imkoniyatni boy berib, kumush medal sohibiga aylandi.
Qitʼa chempionati yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa jamoa turnirdagi eng yaxshi natijalardan birini qayd etdi.