Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
O‘zbekiston 03/03/2025 O‘zbekiston Senatida Misr elchisi bilan Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Senatida Misr elchisi bilan Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 3 mart kuni Senatda Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov va Misr Arab Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Tamir Fathi Abdussalom Hammad o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi munosabatlar, jumladan joriy yil 5-9 aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida Misr parlamenti delegatsiyasining ishtiroki to‘g‘risida fikr almashildi.

Mehmonga bunday nufuzli tadbir O‘zbekistonda tarixda birinchi marotaba o‘tkazilishi va unda Parlamentlararo ittifoqning 190 ga yaqin aʼzo davlatlaridan qariyb 2 ming nafar parlament aʼzolari ishtirok etishi haqida maʼlumot berildi.

T.Hammad mazkur tadbirda ishtirok etish uchun Misr Arab Respublikasi Parlamenti Raisi boshchiligida 14 nafar delegatsiya aʼzosi O‘zbekistonga tashrif buyurishini taʼkidladi.

Shu o‘rinda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar bo‘yicha fikrlar almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling