Valyuta kurslari 02/05/2025
$1 – 12900.00
UZS – -0,16%
€1 – 14595.06
UZS – -0,59%
₽1 – 157.32
UZS – -0,81%
Qidirish
Iqtisod 02/05/2025 O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Litva bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Litva bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov Litva Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Egidiyus Navikas bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida o‘zaro tashriflarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Xususan, biznes-forumlar va ko‘rgazmalar o‘tkazish orqali o‘zaro tovar ayirboshlashni kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Litvaning Klaypeda shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston savdo uyining samarali faoliyat yuritishi orqali eksport hajmini oshirish bo‘yicha katta salohiyat mavjudligi alohida taʼkidlandi.

Uchrashuvda joriy yil iyun oyida O‘zbekiston ishbilarmon doiralari vakillarining Litvaga tashrifini tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi. Ushbu tashrif doirasida biznes uchrashuvlar va investitsiyaviy muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni yana-da mustahkamlash va muntazam muloqotni davom ettirishga qiziqish bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling