Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etmoqda.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin raisligida o‘tayotgan sammitda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, shuningdek, MDH bosh kotibi Sergey Lebedev qatnashmoqda.
Kun tartibiga muvofiq, ko‘p qirrali munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi, MDH doirasidagi amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.