Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Orifjon Fayziyev O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.
O.Fayziyev 1982-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. U 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasining Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004-yilda bank sohasida boshlab, 2009-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriligi tizimida, 2018-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida, 2019-2022-yillarda Davlat soliq qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, departament direktori, 2023-yildan tayinlovga qadar Agentlikning Sug‘urta bozorini rivojlantirish departamenti boshlig‘i lavozimida olib borgan.