Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Texnologiyalar 18/05/2025 O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Yaponiyaning “CROSS CAT” IT-kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Yaponiyaning “CROSS CAT” IT-kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Outsourcing Conference" doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “CROSS CAT” kompaniyasi Bosh ijrochi direktori va Boshqaruv raisi Takaonori Inoue hamda ijrochi direktor Ogura Isao bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan mamlakatda IT va autsorsing sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar va soliq imtiyozlari, IT vizalar va kadrlar salohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tomonlar Yaponiyada IT mutaxassislar yetishmasligi muammosini inobatga olgan holda, “CROSS CAT” kompaniyasining O‘zbekistonda autsorsing ofisini tashkil etish istiqbollarini muhokama qildilar. Agar kompaniya o‘z vakolatxonasini tashkil etishga tayyor bo‘lmasa, O‘zbekistondagi tajribali IT kompaniyalar orqali autsorsing loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ham takliflar berildi.

Shuningdek, kompaniya joriy yilning 23-25 iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Global Business Services Forum” tadbiriga taklif etildi. Forum davomida kompaniya O‘zbekistondagi IT infratuzilmasi, kadrlar salohiyati va davlat tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishi mumkin.

“CROSS CAT” — 1978 yilda Yaponiyada tashkil etilgan IT kompaniyasi bo‘lib, hozirda unda 595 nafar xodim faoliyat yuritadi. Kompaniya 2023 yilda 102 million AQSH dollari miqdorida daromad qilgan. Asosiy faoliyat yo‘nalishlari — dasturiy ta’minot yaratish, IT konsalting, infratuzilma xizmatlari, tizimlar integratsiyasi va biznes-razvedka (BI) yechimlari hisoblanadi. Bundan tashqari, kompaniya texnik va ofis xodimlarini vaqtincha yuborish, ishga joylashtirish va autsorsing xizmatlarini ham ko‘rsatadi. Ushbu autsorsing faoliyatlarining bir qismini o‘zining sho‘ba korxonasi — “CROSS UIS Co., Ltd.” orqali amalga oshiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling