O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida xizmat qilish uchun chaqiruvchilarni saralashning yangi tartibi tasdiqlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikka jalb etish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tanlab olish tartibini belgilaydi.
Chaqiriluvchilar tanlovda 1 yilda faqat 1 marta ishtirok etishi mumkin.
Tanlov chaqiruv yilidan avvalgi yilning 10 avgustidan chaqiruv yilining 10 fevraliga qadar o‘tkaziladi.
Chaqiriluvchi bilan suhbat o‘tkazish orqali uning quyidagi maʼlumotlariga aniqlik kiritiladi:
Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi quyidagi umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali baholanadi:
Tanlov yakunlari bo‘yicha chaqiriluvchini tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik bo‘yicha tegishli xulosa qabul qilinadi.