Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Iqtisod 18/05/2025 O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri IFAD mintaqaviy direktori bilan uchrashib, sanoatni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri IFAD mintaqaviy direktori bilan uchrashib, sanoatni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi – IFADning mintaqaviy direktori Laura Mattioli bilan uchrashdi.

Unda shu kungacha ikki tomonlama hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar, shuningdek, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining (IFAD) 13-bosqichi doirasida O‘zbekiston Respublikasi uchun ajratilgan moliyaviy resurslarni qishloq xo‘jaligi sohasiga yo‘naltirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda IFAD bilan hamkorlikning o‘rni va ahamiyatini ta’kidlab, mavjud loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini, grant mablag‘lari esa hududlardagi aholining daromadi va turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilayotganini alohida qayd etdi. 

Uchrashuv davomida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tashabbuslar muhokama qilinib, ularning amaliy samaradorligi, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi roli hamda qo‘shilgan qiymat zanjirlarini shakllantirishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. 

Xususan, kartoshka va meva-sabzavot yetishtirish, shuningdek, talabalarni Italiyaga yuborish va ularning malaka oshirish imkoniyatlari borasida qator takliflar ilgari surildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling