O‘zbekiston Prezidenti Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror imzoladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning iqtidorli qizlarini Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror imzoladi.
Bu mukofot yuksak intizomi, isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi yutuqlari va turli sohalarda erishgan muvaffaqiyatlari uchun beriladi.
G‘oliblar 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali tadbirlarda diplom va ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, har bir sovrindorga bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Quyidagi qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari sifatida eʼlon qilindi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Turemuratova Biybinaz Kenesbay qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali kompyuter injiniringi mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti
Ibragimova Shaxzoda Alisher qizi - Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiysi
Andijon viloyati
Sotvoldiyeva Moxinur Xazratullo qizi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining adabiyot nazariyasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti
Usmonova Dilshoda Egamberdi qizi - Andijon davlat pedagogika institutining jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi
Buxoro viloyati
Ruxillayeva Nilufar Shukrullo qizi - O‘zbekiston Milliy universitetining xorijiy filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi
Bahronova Dilshoda Tohirovna - Buxoro davlat tibbiyot institutining tibbiyot fakulteti 6-bosqich talabasi
Jizzax viloyati
Ortiqova E’zoza Nodir qizi - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro iqtisodiyot va menejment mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti
Abdurazoqova Mehribon Jaloliddin qizi - Sharof Rashidov tumanidagi 8-bolalar musiqa va san’at maktabining fortepiano sinfi o‘qituvchisi
Qashqadaryo viloyati
Sheraliyeva Jasmina Erkin qizi - Guliston davlat universitetining san’atshunoslik fakulteti 1-bosqich talabasi
Mahammadrizoyeva Madinabonu Mahammadriza qizi - Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining qishloq xo‘jaligi fakulteti 3-bosqich talabasi
Navoiy viloyati
Yo‘ldosheva Ummatoy To‘lqinovna - «Yangi O‘zbekiston» universitetining sanoat boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti
Abdullayeva Saida Ravshan qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi
Namangan viloyati
Olimjonova Aqidaxon Anvarjon qizi - Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktabining 11-sinf o‘quvchisi
To‘ychiyeva Dilafruz Nu’monjon qizi - Qo‘qon davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi
Samarqand viloyati
Anorova Gulhayo Zokir qizi - Samarqand shahridagi «Vatanparvar» mahalla fuqarolar yig‘ini kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi
Xamdamova Afro‘za Akbarovna - Samarqand shahridagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi
Sirdaryo viloyati
Abdusalamova Zanjiloy Farxod qizi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi
G‘aniyeva Maftuna Abduaziz qizi - Guliston davlat universitetining ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti
Surxondaryo viloyati
Abdusaidova Gulruxsorabegim Komiljon qizi - Toshkent davlat yuridik universitetining jinoiy odil sudlov fakulteti 4-bosqich talabasi
Zaripova Rushana Robertovna - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti
Toshkent viloyati
Anvarova Naima Anvar qizi - Chinoz tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Uralova Oysha Abduraim qizi - Angren shahridagi «Yangiobod kelajak sari» oilaviy korxonasi rahbari
Farg‘ona viloyati
Abdurasulova Dilnoza Botirali qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali dasturiy injiniring kafedrasi assistenti
Saynazarova Layloxon Odiljon qizi - Quvasoy shahar madaniyat bo‘limi to‘garak rahbari
Xorazm viloyati
Kamalova Shaxzoda Kaxramon qizi - Xorazm viloyati Urganch shahridagi 3-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi
Sobirova Layloxon Arslonbek qizi - Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetining jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti
Toshkent shahri
Sodiqova Nasiba Majitovna - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining teatr san’ati fakulteti 3-bosqich talabasi
Babeshko Alina Aleksandrovna - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi o‘qituvchisi