O‘zbekiston Prezidenti Toshkent viloyatiga tashrif buyuradi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Safar doirasida davlat rahbari transport, energetika va turizm kabi asosiy sohalardagi amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqbolli loyihalar bilan tanishishi kutilmoqda.