Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
O‘zbekiston 07/04/2025 O‘zbekiston Prezidenti Pokiston bilan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini ta’minlash muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti Pokiston bilan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini ta’minlash muhimligini qayd etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-aprel kuni Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi doirasida Pokiston Islom Respublikasi Senati

Raisi Yusuf Rizo G‘iloniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Prezident Asif Ali Zardariy va Bosh vazir Shahboz Sharifning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro savdo hajmi, qo‘shma korxonalar va to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar soni ortmoqda, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokida biznes forumlari va ko‘rgazmalar muntazam o‘tkazilmoqda.

Yaqinda O‘zbekistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi tarixiy tashrif davomida erishilgan kelishuvlarning samarali ijrosini ta’minlashda parlamentlarning rolini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport sohalaridagi ustuvor loyiha hamda dasturlarni jadallashtirish, shu jumladan Transafg‘on yo‘li qurilishini ilgari surish, shuningdek, hududlararo hamkorlik va gumanitar almashinuvni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling