Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Muanda aviahalokati oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Janubiy Koreyaning vaqtincha prezidenti vazifasini bajaruvchi Chhve San Mokka hamdardlik maktubini yo‘lladi.
Davlat rahbari koreya xalqiga, halok bo‘lganlarning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi hamda jabrlanganlarga tezroq shifo topishini tiladi.