Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
Iqtisod 18/02/2025 O‘zbekiston Prezidenti "Gulf Care General Trading" kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti "Gulf Care General Trading" kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘ziga ajratilgan qarorgohda "Gulf Care General Trading" kompaniyasi rahbari doktor Iyad as-Solihni qabul qildi.

2001-yilda tashkil etilgan kompaniya Ko‘rfaz mintaqasida tibbiy uskunalarning eng yirik yetkazib beruvchilardan biri bo‘lib, Kuvaytdagi xususiy tibbiyot muassasalarining keng tarmog‘i egasidir.

Mamlakatimiz yetakchisi kasalliklarni barvaqt aniqlash sohasidagi sheriklik rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Kompaniyaning mamlakatimiz hududlarida tibbiy xizmat ko‘rsatish va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish borasidagi rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling