Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 21-22-noyabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasi (PA) Kengashining majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
Tashrifning birinchi kunida delegatsiyamiz vakillari Kengashning tashkiliy masalalarga qaratilgan majlisida ishtirok etdi.
Majlisda MDH davlatlari PA Kengashi aʼzolari tomonidan O‘zbekistonda parlament saylovining demokratik tamoyillariga mos ravishda shaffof va adolatli o‘tganligi eʼtirof etildi. Siyosiy tadbirda saylovchilarning 75 foizi faol ishtiroki, shuningdek, deputatlarning 38 foizini ayollar tashkil etgani – mintaqadagi eng yuqori ko‘rsatkich ekanligi alohida qayd etildi.
Senat Raisi Tanzila Narbayeva saylov jarayonlari kuzatuvchilar guruhi vakillariga bildirilgan xolis fikrlari va tavsiyalari uchun minnatdorchilik bildirdi. Ular bergan tavsiyalarning chuqur o‘rganilishi, amaliyotga tatbiq etilishi taʼkidlab o‘tildi.
Delegatsiya aʼzolarining MDH davlatlari PA Kengashi majlisidagi ishtiroki davom etmoqda.