Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Moliya 06/04/2025 O‘zbekiston Markaziy banki ichki pul o‘tkazmalari bo‘yicha nazoratni kuchaytirmoqda

O‘zbekiston Markaziy banki ichki pul o‘tkazmalari bo‘yicha nazoratni kuchaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda to‘lov xizmatlariga ayrim operatsiyalar ustidan nazoratni kuchaytirish majburiyati yuklanmoqda, deb xabar berdi mamlakat Markaziy banki. Bank taʼkidlaganidek, yangiliklar mijozlar uchun qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.

Ichki nazorat qoidalarining 312 – bandiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobariga teng yoki undan oshgan summadagi yuborilayotgan ichki elektron pul o‘tkazmalari bo‘yicha maʼlumotlarni jo‘natuvchining identifikatsion maʼlumotlari bilan birga yuborilishini taʼminlashlari kerakligi belgilanmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, ushbu band talablari mijozlarga qo‘shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqarmaydi, sababi ushbu talab to‘lov tashkilotlari va banklar o‘rtasida maʼlumot almashinuvi bo‘yicha majburiyatlarga taalluqli bo‘lib, mijoz tomonidan akkaunt ochilishida olingan, yaʼni mavjud identifikatsion maʼlumotlarni bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobariga teng yoki undan oshgan summadagi yuborilayotgan ichki elektron pul o‘tkazmalarida o‘tkazma bilan birga yuborilishini taʼminlashlari lozimligini anglatadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling