Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yilda O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi qiymati 263,9 milliard so‘mni tashkil etgan 234 ta noqonuniy davlat xaridi shartnomasini bekor qildi.
Tekshiruvlar davomida jami 552,5 milliard so‘mlik 273 ta xarid ko‘rib chiqildi.
Natijada agentlik vazirlik va idoralarga 257 ta taqdimnoma hamda huquqni muhofaza qilish va nazorat organlariga 273 ta so‘rov yo‘lladi.
Qonunbuzarliklar uchun 104 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 85 nafar shaxs esa intizomiy jazoga tortildi.