Valyuta kurslari 22/01/2025
$1 – 12984.44
UZS – 0,07%
€1 – 13442.79
UZS – 0,52%
₽1 – 129.90
UZS – 1,78%
Qidirish
O‘zbekiston 22/01/2025 O‘zbekiston Jautikov nomidagi 21-Xalqaro olimpiadada 19 ta medal qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Jautikov nomidagi 21-Xalqaro olimpiadada 19 ta medal qo‘lga kiritdi

(Surat: elorda.info)

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 13-17-yanvar kunlari Ostona shahrida matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha Jautikov nomidagi 21-Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadada 20 davlatdan 700 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi.

O‘zbekiston milliy jamoasi yuksak natijalarni qayd etdi: 2 ta oltin, 5 ta kumush va 12 ta bronza medali.

«Artel» xususiy maktabining 11-sinf o‘quvchisi Asadbek Bobokulov va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalari ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi Elbek Zohidjonov olimpiadaning oltin medallarini qo‘lga kiritdilar.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi o‘tgan yili shu olimpiadada 14 ta medal qo‘lga kiritgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling