Valyuta kurslari 11/10/2024
$1 – 12768.30
UZS – -0,08%
€1 – 13960.86
UZS – -0,37%
₽1 – 131.15
UZS – -0,33%
Qidirish
O‘zbekiston 13/09/2024 O‘zbekiston — Indoneziya: parlamentlararo aloqalar mustahkamlanadi

O‘zbekiston — Indoneziya: parlamentlararo aloqalar mustahkamlanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Salixov va bir guruh deputatlarning Indoneziya Respublikasi Xalq vakillari palatasining Parlamentlararo hamkorlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Putu Supadma Rudana boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mehmonlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya normalarini ro‘yobga chiqarish borasidagi sa’y-harakatlar hamda Qonunchilik palatasi, fraksiyalar va qo‘mitalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

O‘z navbatida, Putu Supadma Rudana iliq va do‘stona munosabat uchun minnatdorlik bildirib, so‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan muvozanatli, ochiq va konstruktiv tashqi siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanayotganini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda muhim omil bo‘lgan parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash, shu yo‘nalishdagi muloqotlarni ko‘paytirish har tomonlama foydali ekanini qayd etdi.

Muloqot davomida mamlakatlarimiz o‘rtasida siyosiy va iqtisodiy sohadagi muloqotlarning faollashgani ijobiy baholanib, investitsiya va savdo sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash, madaniy-gumanitar kabi sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Konstruktiv va o‘zaro ishonch ruhida o‘tgan uchrashuvda parlamentlararo muloqotni turli darajada faollashtirish, turistik salohiyat va imkoniyatlarni yangi bosqichga olib chiqish va uni yangi mazmun bilan boyitish bo‘yicha so‘z yuritildi.

Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan boshqa masalalarni ham muhokama qildilar.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling