O'zbekiston-Indoneziya biznes-forumi doirasida muzokaralar olib borildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 11-12-fevral kunlari O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo'lib turibdi.
Tashrif doirasida 11-fevral kuni O'zbekiston-Indoneziya biznes forumi hamda B2B formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.
Mazkur forumda "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi o'rinbosari Faridun Abdualimov ham ishtirok etdi va bir qator kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi.
"Mutia Sari", "MBA", "PT Trans Asia Minerals", "GMT Group" kabi kompaniyalar vakillari bilan olib borilgan muzokaralarda o'zaro savdo hamkorligi masalalari muhokama qilindi.
Muhokamada O'zbekistonda ishlab chiqarilgan elektrotexnika mahsulotlarini Indoneziyada sotish bo'yicha uyushma mas'ullari tomonidan takliflar berildi.
Tomonlar muzokaralar yakuniga ko'ra bu masalalarni hamkorlikda o'rganishga kelishdilar.