O‘zbekiston Geologiya vazirligida Societe Generale Corporate & Investment Banking delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Societe Generale Corporate&Investment Banking kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari O.Nasritdinxodjayev, Societe Generale Corporate&Investment Banking kompaniyasi departamenti boshqaruvchi direktori Kristof Xadjal, boshqaruvchi direktor Teyba Guliyeva hamda departament direktori Konstantini Jidko ishtirok etishdi.
O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasiga qaratilayotgan e’tibor, investorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, investitsiya loyihalarini amalga oshirish haqida so‘z yuritildi.