Valyuta kurslari 28/03/2025
$1 – 12913.19
UZS – 0,03%
€1 – 13908.80
UZS – -0,19%
₽1 – 154.17
UZS – 0,57%
Qidirish
Sport 20/03/2025 O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Professional futbol ligasi va UZCARD hamkorlik bo‘yicha strategik kelishuv imzoladi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Professional futbol ligasi va UZCARD hamkorlik bo‘yicha strategik kelishuv imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 18 mart kuni Toshkentda milliy to‘lov tizimi UZCARD, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) va O‘zbekiston Professional futbol ligasi (PFLUz) o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha strategik kelishuv imzolandi. Ushbu sheriklik milliy futbolni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, u professional ligalardan tortib yoshlar akademiyalari va hududiy klublargacha bo‘lgan barcha darajalarni qamrab oladi.

Futbol oddiy sport turidan tashqari, jamiyat hayotining ajralmas qismi va turli avlod hamda ijtimoiy qatlam vakillarini birlashtiradigan kuchli omilga aylangan. UZCARD uchun futbolga ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash mamlakat kelajagiga investitsiya hisoblanadi. Bu orqali sport infratuzilmasini rivojlantirish va yosh isteʼdodlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga hissa qo‘shish maqsad qilingan.

"Futbolni qo‘llab-quvvatlash biz uchun juda muhim, chunki bu faqat sport emas, balki yoshlar rivoji, kuchli ruh va jamiyat birdamligini shakllantiradigan kuchli vosita hisoblanadi. O‘FA va PFLUz bilan hamkorlik orqali biz O‘zbekistonda futbol anʼanalarini mustahkamlash va sportchilar uchun yangi istiqbollar ochishga intilamiz", — dedi UCMG bosh direktori David Melekidze.

Ushbu kelishuv doirasida UZCARD 2027 yilgacha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining bosh hamkori va 2025–2026 yilgi mavsumlarda Professional futbol ligasining rasmiy sherigi sifatida ishtirok etadi. Sheriklik milliy terma jamoa, Superkubok va O‘zbekiston futbol ligasi faoliyatining barcha darajalarini qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.

"Bu biz uchun katta rag‘bat va muvaffaqiyat. UZCARD kompaniyasi futbol rivojiga katta ahamiyat beradi va uni doimo qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi. Kompaniya bir necha yildan beri ligamiz bilan yaqin hamkorlik qilib keladi. Ushbu hamkorlik uzoq va samarali bo‘lishiga umid qilamiz", — dedi Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev.

"UZCARD ko‘magi bilan biz jamoalarimizning samaradorligini oshirish va ularning saviyasini yana-da yuqori darajaga ko‘tarishni rejalashtirmoqdamiz. Kelgusi uch yil davomida biz yangi muvaffaqiyatlar sari tinimsiz harakat qilamiz", — taʼkidladi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov.

UZCARD – yagona umumrespublika protsessing markazi bo‘lib, 35 tijorat banki va 33 to‘lov agregatorini birlashtiradi. Kompaniya mamlakatda ekvayring, protsessing va raqamli hisob-kitoblarni taʼminlaydi, innovatsion xizmatlarni rivojlantiradi va moliyaviy operatsiyalar uchun ishonchli infratuzilma yaratadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling