Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston fuqarosi O‘g‘ilxon Saliyeva Turkiyadan vataniga ekstraditsiya qilindi.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, u odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Saliyeva hamyurtlaridan hujjatlarini tortib olib, ularni seksual qullikka sotgan.
Bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarolarini, agar Saliyevani qilmishlaridan jabrlangan bo‘lsalar, diplomatik vakolatxona yoki huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishga chaqirdi.
Konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya va O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari huquqni muhofaza organlaridan qochib yurgan shaxslarni vatanga qaytarish bo‘yicha qo‘shma operatsiyalarni davom ettirmoqda.