O'zbekiston elchisi Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi siyosiy direktori bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining siyosiy direktori o'rinbosari Sharlotta Pyer bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Suhbat davomida Britaniya tomoniga Yangi O'zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan yangilanishlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.
Tomonlar O'zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashdi.
Yuqori va oliy darajadagi siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi o'zaro aloqalarni diversifikatsiya qilish, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Tomonlar yuqoridagi yo'nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo'yicha mavjud salohiyatni ro'yobga chiqarish qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni muhokama qilish maqsadida diplomatik muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.