Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha “Katta shlem” turnirida beshta medalni qo‘lga kiritdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta shlem” turnirlari seriyasi yakunlandi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, musobaqaning so‘ngi kuni +100 kg vazn toifasida Utkirbek Turaboyev bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani bitta kumush va to‘rtta bronza medali bilan yakunladi.
Ayollar o‘rtasida 52 kg vazn toifasida Muxayyo Axmatova kumush medalga ega chiqdi. Erkaklar o‘rtasida 66 kg, 73 kg, 81 kg va +100 kg vazn toifalarida Artyom Shturbabin, Xo‘jiaʼbar Toshev, Murodjon Yo‘ldoshev va Utkirbek Turaboyev bronza medallarini qo‘lga kiritdi.