Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3-dekabr kuni Eronning Mashhad shahrida Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (O‘EHT)ga a’zo davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov rahbarlik qildi.
Uchrashuv davomida delegatsiya rahbarlari 2025-yilda Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan O‘EHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, tashkilot doirasida hamkorlikni mustahkamlash yo‘llari bo‘yicha fikr almashildi.
Yig‘ilish yakunida Mashhad kommyunikesi qabul qilindi.
2025-yilning 1-yanvaridan boshlab, O‘EHTga raislik bir yil muddatga Erondan Qozog‘istonga o‘tadi.