Valyuta kurslari 24/12/2024
$1 – 12902.00
UZS – 0,07%
€1 – 13428.40
UZS – 0,31%
₽1 – 127.60
UZS – 1,3%
Qidirish
O‘zbekiston 18/11/2024 O‘zbekiston delegatsiyasi AFD va SDSN bilan muzokaralar olib bordi

O‘zbekiston delegatsiyasi AFD va SDSN bilan muzokaralar olib bordi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 14-noyabr kuni Boku shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Tomonlar konferensiyasi 29-sessiyasi (COP29) doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi delegatsiyasi Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) va Barqaror rivojlanish yechimlari markazi (SDSN) bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Barqaror rivojlanish yechimlari markazi Prezidenti Professor Jeffri Saks hamda Fransiya taraqqiyot agentligining Bosh direktori Remi Riu ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Barqaror rivojlanish yechimlari markazi Prezidenti O‘zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonda BRM monitoringi va O‘zbekiston hududlarining BRM bo‘yicha salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlik dasturi to‘g‘risidagi anglashuv Memorandumini imzolashdi.

Mazkur Memorandum O‘zbekiston va Barqaror rivojlanish yechimlari markazi tashkiloti bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatish, tashkilotning xalqaro ekspertlari ishtirokida mamlakatimizning barcha hududlarida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish holati hamda mavjud kamchiliklar yuzasidan submilliy hisobotini ishlab chiqish, BRM reytingidagi O‘zbekiston o‘rnini yaxshilashga qaratilgan.

Memorandum doirasida umumiy 200 ming AQSh dollari miqdorida grant mablag‘larini jalb qilish nazarda tutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling