Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
O‘zbekiston bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatish bo‘yicha Global ittifoqqa qo‘shildi

O‘zbekiston bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatish bo‘yicha Global ittifoqqa qo‘shildi

O‘zbekiston bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatish bo‘yicha Global ittifoqqa qo‘shildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston bolalar huquqi va xavfsizligini muhofaza qilish yo‘lida muhim qadam tashlab, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatish bo‘yicha Global ittifoqqa qo‘shilgan 46-davlat bo‘ldi. Bu haqda YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi.

Ittifoqqa qo‘shilish mamlakatning mazkur sohada erishgan salmoqli yutuqlariga asoslanadi. Jumladan, 2025 yil may oyida «Bolalarni har qanday zo‘ravonlik shakllaridan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Hozirda esa har bir bolani samarali himoya qilishga qaratilgan turli sohalarni qamrab oluvchi strategiya va harakatlar rejasi ishlab chiqilmoqda.

YUNISEF ushbu tashabbuslarni amalga oshirishda O‘zbekiston Hukumati hamkori sifatida ishtirok etmoqda. Maqsad — bolalar uchun uyda, maktabda va jamiyatda xavfsiz hamda qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratishdir.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling