O‘zbekiston bokschilari Rossiyadagi xalqaro turnirda 16 ta medal qo‘lga kiritdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida buyuk sportchilar xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro boks turniri yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada yuqori natijalar qayd etdi — jamoamiz jami 16 ta medalga sazovor bo‘ldi: 4 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza.
Jamoaviy hisobda terma jamoamiz Rossiya terma jamoasidan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi.
Oltin medallar:
Aziza Zokirova (75 kg)
Abdullox Madaminov (63,5 kg)
Nurislom Ismoilov (75 kg)
Nusratbek Toxirov (86 kg)
Kumush medallar:
Gulsevar G‘aniyeva (50 kg)
Shoxrux Abdumalikov (60 kg)
Muhammadazizbek Ismoilov (71 kg)
Razmatillo Boymatov (80 kg)
Shoxjaxon Abdullayev (86 kg)
Bronza medallar:
Xumorabonu Mamajonova (57 kg)
Rashida Tagirova (60 kg)
Aysanem Saruarova (66 kg)
Faryozbek Dusmatov (54 kg)
Sanjar Vahobov (57 kg)
Adhamjon Muxiddinov (63,5 kg)
Asilbek Abduraxmonov (71 kg)
O‘zbekiston terma jamoasining ushbu muvaffaqiyatli ishtiroki sportchilarimizning yuqori tayyorgarligi va xalqaro maydonda yangi yutuqlarga intilishini yana bir bor tasdiqladi.