Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
Sport 03/03/2025 O‘zbekiston bokschilari Bolgariyadagi “Strandja” turnirida sakkizta medal qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston bokschilari Bolgariyadagi “Strandja” turnirida sakkizta medal qo‘lga kiritdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi Sofiya (Bolgariya) shahrida bo‘lib o‘tgan 76-xalqaro “Strandja” turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sakkizta medal qo‘lga kiritdi.

92 kg vazn toifasida Turabek Habibullayev finalda Gretsiya vakili Vagkan Nanitzanian ustidan g‘alaba qozonib, oltin medal sohibiga aylandi.

54 kg vaznda Shahzod Muzaffarov Timur Kabdeshov (Qozog‘iston) ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi. 57 kg da esa Xo‘janazar Nortojiyev finalda Zalimxon Sulaymonov (Ozarbayjon) ustidan g‘alaba qozonib, oltin medal yutdi.

80 kg vaznda Fazliddin Erkinboyev finalda Yerassil Jakpekov (Qozog‘iston) ni yengib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

92 kg dan yuqori vaznda Jahongir Zokirov Oybek Oralbay (Qozog‘iston) ni mag‘lub etib, chempionlik unvoniga sazovor bo‘ldi.

48 kg vazn toifasida Behruz Xoldorov finalda Ergunal Sabri (Bolgariya) ga yutqazib, kүmush medal sohibiga aylandi.

Javohir Ummataliyev (75 kg) va Asilbek Jalilov (51 kg) bronza medali ga ega bo‘ldi.

Jami: 5 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali!

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling