Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Turizm 07/05/2025 O‘zbekiston birinchi marta bir oyda 1 milliondan ortiq xorijiy turistni qabul qildi

O‘zbekiston birinchi marta bir oyda 1 milliondan ortiq xorijiy turistni qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil aprel oyida O‘zbekiston tarixiy marrani zabt etdi — mamlakatga bir oy mobaynida 1 milliondan ortiq xorijiy turist tashrif buyurdi.

Bu rekord darajadagi ko‘rsatkich turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning samarasidir. Ushbu islohotlar mamlakat ochiqligini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

Bunday yutuqqa erishishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari asosida amalga oshirilayotgan tashabbuslar hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Jumladan:

turizmning strategik rivojlanish yo‘nalishi sifatida eʼtirof etilishi,

investitsiyalarni jalb etish faoliyatining kuchaytirilishi,

vizasiz rejim imkoniyatlarining kengaytirilishi,

O‘zbekistonning yirik xalqaro turistik ko‘rgazma va forumlarda ishtirok etishi.

Ushbu omillar O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishning jahon turistik jamoatchiligi orasida ortishiga turtki bo‘ldi.

Kelgusida turizm sohasini xalqaro standartlar asosida kompleks rivojlantirish ishlari davom ettiriladi.

Alohida eʼtibor ekologik barqaror turizmni ilgari surishga qaratiladi. Bu esa O‘zbekistonning jahon sahnasida raqobatbardosh va jozibali turistik yo‘nalish sifatida mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling