Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Texnologiyalar 01/04/2025 O‘zbekiston Apolitical Group Limited kompaniyasi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston Apolitical Group Limited kompaniyasi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi Londonda "Apolitical Group Limited"  kompaniyasi vakillari bilan uchrashib, mamlakatimizning raqamli kelajagini shakllantirishga qaratilgan strategik hamkorlikni boshladi.

Uchrashuv natijasida davlat sektorining raqamli imkoniyatlarini kengaytirishga yoʻnaltirilgan oʻzaro anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi.

Ushbu hamkorlik uch asosiy yoʻnalishni oʻz ichiga oladi:

Kadrlar tayyorlash – Hukumat xodimlarini Apolitical’ning Government AI Campus platformasi orqali sun’iy intellekt (AI) boʻyicha maxsus dasturlar asosida tayyorlash, innovatsion yechimlarni ilgari suradigan malakali kadrlarni yetishtirish.

Masʼuliyatli innovatsiyalar – AI texnologiyalarini joriy etishda kuchli etika tamoyillarini shakllantirish va ularning barcha fuqarolar uchun teng manfaat keltirishini ta’minlash.

Raqamli transformatsiyani jadallashtirish – Davlat boshqaruvi darajalarida raqamli yechimlarni tezroq joriy qilish, jarayonlarni avtomatlashtirish va samaradorlikni oshirish.

Ushbu uzoq muddatli hamkorlik Oʻzbekistonning texnologiyalar yordamida yaxshiroq boshqaruv, samarali davlat xizmatlari va raqamli kelajak sari intilishini ifodalaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling