Valyuta kurslari 12/03/2025
$1 – 12931.94
UZS – -0,06%
€1 – 14107.45
UZS – 0,37%
₽1 – 150.18
UZS – 3,13%
Qidirish
Texnologiyalar 14/02/2025 O‘zbekiston 4,2 million mobil telefon import qildi

O‘zbekiston 4,2 million mobil telefon import qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024 yilda O‘zbekiston xorijdan 374,5 million AQSH dollari qiymatiga 4,2 millionga yaqin mobil telefon import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Eng ko‘p telefonlar Xitoydan olib kelingan bo‘lib, ushbu mamlakatdan 3,4 million dona qurilma import qilingan.

Ikkinchi o‘rinni Vyetnam egalladi — 589,4 ming dona, undan so‘ng Hindiston — 113,6 ming dona telefon yetkazib berilgan.

Gonkongdan 46,1 ming dona mobil qurilma olib kelingan, qolgan davlatlarning umumiy ulushi 5,4 ming donadan iborat.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling