Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston 2025-yilda sanoatning asosiy kapitalga investitsiyalarni 6,1% ga oshirishni rejalashtirmoqda.
Bu 2025-yil uchun davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan bo‘lib, ushbu hujjat jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
Qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu tarmoqlarda investitsiyalar mutanosib ravishda 4,1% va 14,2% ga o‘sishi kutilayapti.
Ustuvor vazifalar qatorida yillik inflyatsiya darajasini 7–8% doirasida saqlash va konsolidatsiyalashgan byudjet defitsitini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3% dan oshirmaslik ko‘rsatilgan.
Iqtisodiy faollikni oshirish maqsadida hukumat 2025-yil oxiriga kelib tovar va xizmatlar eksportini 15% ga ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.
2025-yil avgust oyiga qadar banklar va asosiy korxonalarning ESG-prinsiplariga (ekologik, ijtimoiy va korporativ mas’uliyat) tayyorligini tahlil qilish rejalashtirilgan. Tahlil natijalariga asoslanib, barqaror boshqaruv yondashuvlarini joriy etishga qaratilgan dastur ishlab chiqiladi.
ESG reytinglari quyidagi tashkilotlar uchun berilshi kutilmoqda: «O‘zbekneftegaz» AJ, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ, «Uzbekistan Airports» AJ, «Uzbekistan Airways» AJ.