Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 355,8 ming dona konditsioner import qilindi. Ushbu mahsulotlar uchun umumiy 94,6 million AQSH dollari sarflandi.
Xitoy asosiy yetkazib beruvchi bo‘lib, mamlakatga 342,6 ming dona konditsioner yetkazib bergan, bu umumiy importning katta qismini tashkil etadi.
Shuningdek, Turkiyadan 5,1 ming, Qozog‘istondan 3,7 ming, Italiyadan 1 ming va Tailanddan 0,9 ming dona konditsioner import qilingan.
Qolgan 2,4 ming dona konditsioner boshqa davlatlardan keltirilgan.