Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yilning yanvar-oktyabr oylari davomida O‘zbekiston 1,365 milliard dollarlik tabiiy gaz import qildi, deya xabar beradi Statistika agentligi.
Hisobot davrida gaz importi hajmi 2023 yilning shu davriga nisbatan 2,4 barobar oshdi. 2024-yil oktabr oyida tabiiy gaz xaridi 87 million dollarni tashkil etdi.
Gaz importi oylar bo‘yicha quyidagicha taqsimlandi: yanvarda — 35,6 million dollar, fevralda — 131,1 million dollar, martda — 193,6 million dollar, aprelda — 102,6 million dollar, may oyida — 108,4 million dollar, iyunda — 166,3 million dollar, iyulda — 174,2 million dollar, avgustda - 168,3 million dollar va sentyabrda - 126,3 million dollar.
Xuddi shu davrda neft va neft mahsulotlari importi hajmi ham o‘sib, 1,66 milliard dollardan ortiqni tashkil etdi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 33,3 foizga ko‘pdir.
Neft va neft mahsulotlari eksporti 94,6 foizga oshib, 504,4 million dollarni, gaz eksporti esa 17,9 foizga oshib, 540,4 million dollarni tashkil etdi.