Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
Iqtisod 11/02/2025 O‘zbek-Ummon tadbirkor ayollari hamkorligi yanada rivojlanmoqda

v

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun O‘zbekiston va Ummon Savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda joriy yilning fevral oyi yakunida o‘zbekistonlik tadbirkor ayollarning Ummon Sultonligiga tashrifi dasturlari muhokama qilindi.

Muhokamalar doirasida o‘zbek kashtachilik san’ati ustalarining Maskat shahrida o‘tkazadigan mahorat darslari, to‘qimachilik sohasi vakillari hamda dizaynerlar tomonidan tashkil etilayotgan moda namoyishiga oid tashkiliy masalalar kelishib olindi.

Tashrif dasturida ilk bor O‘zbek-Ummon tadbirkor ayollari biznes-forumini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, unda ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida iqtisodiy va investitsion hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishish ko‘zda tutilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling