Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda aralash yakkakurash (MMA) bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati yakunlandi. Va bizda qo‘sh g‘alaba bor! Kattalar jamoasining ajoyib o‘yinlaridan so‘ng, yosh jangchilarimiz ham medallar jadvalida birinchi o‘rinni egalladi!
Qiziqarli bellashuvlar yakuniga ko‘ra, yoshlar terma jamoasi vakillari 4 ta oltin, 4 ta kumush va 10 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Oltin:
-65,8 kg: Zafarjon Asatov
-97 kg: Mirjalol O‘ralov
-65,8 kg: Muzayana Sadriddinova
-79,4 kg: Xurshida Rozikova
Kumush:
-52,2 kg: Firdavs Otamurodov
-83,9 kg: Sarvarbek Xasanov
-70,3 kg: Ra’no Nasriddinova
-74,8 kg: Maxliyo Abdumannopova
Bronza:
-56,7 kg: Shohjaxon Temirov
-61,2 kg: Ilhomjon Borisov
-65,8 kg: Suxrob Boymatov
-88,4 kg: Islombek Quvonchiev
-93 kg: Yusufboy Ahmedov
-97 kg: Mirzohid Sobirov
+97 kg: Muxsinjon Mo‘minjonov
-65,8 kg: Odinaxon Abdug‘aniyeva
-74,8 kg: Shohsanam Amaniyazova
-79,4 kg: Xadichabon Tursunqulova