OTB Oʻzbekistonda ipoteka bozorini rivojlantirish uchun 30 million soʻm ajratadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonning ipoteka bozorini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonda ekologik taʼmirlashni va uy-joy kreditlarini inklyuziv moliyalashtirishni kengaytirish, turmush sharoitlarini yaxshilash va energiya samaradorligini oshirish uchun uchun 30 million dollar ekvivalentigacha bo‘lgan milliy valyutadagi kreditni ajratishni maʼqulladi.
Inklyuziv ipoteka bozorini rivojlantirish loyihasi muhim bosqich bo‘lib hisoblanadi, chunki uning doirasida OTB tomonidan O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi (“O‘IQMK”) uchun birinchi xususiy (suveren bo‘lmagan) moliyalashtirish taqdim etiladi. Ushbu tashabbus O‘IQMKni davlat tomonidan moliyalashtirishga bog‘liqlikdan barqarorroq bo‘lgan bozorga asoslangan moliyalashtirishga o‘tishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, bu esa yana-da raqobatbardosh va funksional ipoteka kreditlash bozorini rivojlantirishga yordam beradi.
“OTB mamlakatda uy-joy kreditlarini olish imkoniyatlarini kengaytirishga intilmoqda va bunda yoshlar va ayol uy egalariga alohida eʼtibor qaratilmoda”, dedi OTBning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya. “Uy-joy kreditlarini osonroq olish imkoniyati uy-joyga egalik darajasini sezilarli darajada oshirish, yashash sharoitlarini yaxshilash va uy xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligini oshirish imkonini beradi. Shuningdek, bu yana-da inklyuziv uy-joy bozorini yaratadi va umumiy iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy farovonlikka o‘z hissasini qo‘shadi".
Mamlakat ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarining cheklanganligiga duch kelmoqda: 2024-yilning birinchi yarmida yuqori foiz stavkalari, moslashtirilgan mahsulotlarning yo‘qligi va mahalliy valyutada uzoq muddatli moliyalashtirishning yetarli emasligi sababli sotilgan ko‘chmas mulkning atigi 21 foizi ipoteka kreditlari hisobidan moliyalashtirildi. Ayollar va yosh qarz oluvchilar garov taʼminotining yetishmasligi, daromadning pastligi, cheklangan moliyaviy bilimlar va gender stereotiplari kabi qo‘shimcha to‘siqlarga duch kelmoqdalar.
Loyiha xizmatlar bilan yetarli qamrab olinmagan aholiga xizmatlarni kengaytirishga qaratilgan va ayollar va yoshlarning ekologik taʼmirlash va uy-joy uchun kreditlarni olish imkoniyatlarini oshirish orqali ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Shuningdek, u targ‘ibot kampaniyalari va bilim mahsulotlari orqali ayollarga nisbatan qamrov doirasini kengaytiradi, bu esa o‘z navbatida ayollarning moliyaviy ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish imkonini beradi.
Uy-joyga bo‘lgan talabning o‘sishi qurilish sohasini rag‘batlantiradi, ish o‘rinlarini yaratadi va iqtisodiy faollikni oshiradi, va bu o‘z navbatida multiplikativ taʼsirni yuzaga keltiradi. Energiya nuqtai nazaridan samaraliroq uyjoylar energiya isteʼmoli va issiqxona gazlari (IG) chiqindilarini kamaytiradi va jamiyat iqlim o‘zgarishi taʼsirini kamaytirishdan foyda ko‘radi.
Bu yil OTB va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida hamkorlik boshlanganiga 30 yil to‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi OTB ga 1995 yilda aʼzo bo‘lgandan beri bank mamlakatga jami 14,3 mlrd. AQSH dollari miqdorida qarz, grant va davlat sektoriga texnik ko‘mak taqdim etgan.
OTB Osiyo va Tinch okeani mintaqasida inklyuziv va barqaror o‘sishni qo‘llabquvvatlaydigan yetakchi ko‘p tomonlama rivojlanish bankidir. OTB murakkab muammolarni birgalikda hal qilish uchun o‘z aʼzolari va hamkorlari bilan ishlar ekan, insonlar hayotini o‘zgartirish, sifatli infratuzilmani barpo etish va sayyoramizni himoya qilish uchun innovatsion moliyaviy vositalar va strategik hamkorliklardan foydalanadi. OTB 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unga 69 mamlakat aʼzo bo‘lgan. Ularning 49 tasi mintaqada joylashgan.