Valyuta kurslari 10/01/2025
$1 – 12940.44
UZS – -0,17%
€1 – 13336.42
UZS – -0,31%
₽1 – 126.85
UZS – 2,56%
Qidirish
Moliya 13/12/2024 “Osmon Card”: TBC Bank limiti tiklanadigan ilk kredit kartasini taqdim qildi

“Osmon Card”: TBC Bank limiti tiklanadigan ilk kredit kartasini taqdim qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning birinchi raqamli banki TBC Bank o‘zining ilk “Osmon Card” kredit kartasini chiqarganini e’lon qildi.

“Osmon Card” O‘zbekiston kredit kartalari bozorida sifatning yangi mezonlarini belgilaydi. Ushbu mahsulot foydalanuvchilarga maxsus afzalliklar – 55 kunlik foizsiz davr, bozordagi eng jozibali foiz stavkalari va minimal to‘lov shartlaridan birini taklif qiladi. Karta bir zumda tasdiqlanib, bepul chiqariladi va egasiga yetkazib beriladi.   Limiti tiklanadigan yangi kredit kartasi – TBC Bank rivojlanish strategiyasining muhim elementi va mahsulotlar qatorini kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi qadami. Avvalroq bank mijozlar uchun “TBC Uzbekistan” ekotizimiga kirishning yagona nuqtasi bo‘lib xizmat qiluvchi “Salom Card” debet kartasini taqdim qilgan edi.

Nika Kurdiani, TBC Uzbekistan bosh direktori: “Osmon Card”ning chiqarilishi – hamma foydalansa bo‘ladigan qulay moliyaviy xizmatlarni yaratish strategiyamizning muhim bosqichi. Yangi mahsulot bozordagi mavqeimizni mustahkamlashga, mamlakatda moliyaviy xizmatlarni yanada qulayroq qilishimizga yordam beradi. Bizda kredit biznesini boshqarish bo‘yicha ko‘p yilli tajribaga ega eng yaxshi jamoa bor. Biz O‘zbekiston bozoridagi ulushimizni oshirib, jadal va daromadli o‘sishda davom etmoqdamiz.

“Osmon Card”ning ishga tushirilishi yakunlanayotgan yil yutuqlarining bir qismi. Biz, shuningdek, katta miqdorda moliyaviy sarmoya jalb qildik, xalqaro hamkorlar bilan strategik shartnomalar tuzdik va bozorga yangi mahsulotlarni chiqardik”.

2024-yilda TBC Uzbekistan Visa va Mastercard bilan strategik sheriklik to‘g‘risida kelishuvga erishdi va umumiy miqdori 105 mln AQSh dollari bo‘lgan moliyalashtirishni jalb qildi. Bular: FMO‘dan (Gollandiya tadbirkorlikni rivojlantirish banki) 40 mln dollar miqdoridagi kredit, shveysariyalik responAbility Investments AG impakt-investoridan 20 mln dollar miqdoridagi kredit liniyalari, BlueOrchard’dan 25 mln dollar miqdoridagi qarz moliyalashtirish, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 10 mln AQSh dollari va Triple Jump orqali Global Gender-Smart Fund’dan (GGSF) 10 mln dollar miqdoridagi kreditlar. Bundan tashqari, yaqinda TBC o‘zining obligatsiyalarini ilk marotaba milliy valyutada joylashtirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling