Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
Texnologiyalar 14/05/2025 Osaka shahrida O‘zbekiston IT salohiyati taqdim etildi

Osaka shahrida O‘zbekiston IT salohiyati taqdim etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yaponiyaning Osaka shahrida Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park Uzbekistan ishtirokida tashkil etilgan “Uzbekistan Outsourcing Session” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning axborot texnologiyalari sohasidagi sarmoyaviy va inson resurslari salohiyatini taqdim etish, shuningdek, Yaponiya IT kompaniyalari bilan bevosita aloqalarni o‘rnatishdir. Tadbirda Yaponiyaning 20 ga yaqin kompaniyasidan 30 dan ortiq vakil ishtirok etdi.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov texnologiya sohasida xalqaro hamkorlik muhimligini ta’kidladi. Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi sheriklik ilg‘or yechimlar almashish uchun yangi ufqlarni ochib, har ikki mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishiga xizmat qilishi aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda vazirlik va IT Park vakillari IT-sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, rivojlangan infratuzilma, soliq imtiyozlari, shuningdek, xorijiy investorlar uchun keng imkoniyatlar haqida atroflicha so‘zlab berdi. IT-mutaxassislarni tayyorlash dasturlariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunlari boʻyicha 15 dan ortiq kompaniya Oʻzbekistonning IT salohiyati va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini yanada oʻrganishga qiziqish bildirdi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling