Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kogon shahrida (Buxoro viloyati) ona va o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Voqea 12 noyabr kuni soat 17:00 atrofida Xiva ko‘chasidagi turar-joy binolarida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 37 yoshli ayol va 12 yoshli bolakay qo‘lbola pechdan chiqayotgan is gazidan zaharlangan.
Ayni damda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, deya xabar beradi Bosh prokuratura.