Valyuta kurslari 31/01/2025
$1 – 12957.01
UZS – -0,09%
€1 – 13485.66
UZS – -0,05%
₽1 – 132.13
UZS – -0,14%
Qidirish
O‘zbekiston 31/01/2025 Olmaotada O‘zbekiston va Qirg‘iziston Bosh vazirlari uchrashdi

Olmaotada O‘zbekiston va Qirg‘iziston Bosh vazirlari uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mamlakatimiz hukumati delegatsiyasining Olmaotaga tashrifi doirasida bugun, 31-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi Rahbari Adilbek Kasimaliyev bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani, muhim qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Davlatlarimiz Rahbarlari — Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov ikki mamlakat hukumatlari zimmasiga o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab bergan.

Uchrashuvda mazkur vazifalarni amalga oshirishda yaqin hamkorlik qilish alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlarni izchil ro‘yobga chiqarish masalalari ko‘rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling