Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
O‘zbekiston 05/02/2025 Oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasi Maxsus platforma orqali shakllantiriladi

Oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasi Maxsus platforma orqali shakllantiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasi Maxsus elektron platforma (Platforma) orqali shakllantiriladi.

2025/2026 o‘quv yilidan:

  • oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi Platformada jamlangan ma’lumotlar va mehnat bozori talabini tahlil qilish asosida aniqlanadi;
  • kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj 4-yillik davrga ishlab chiqilib, har yili mehnat bozorining o‘zgarish tendensiyalari, hududlarda ijtimoiy soha muassasalari va iqtisodiyot tarmoqlarini kadrlar bilan ta’minlashni inobatga olgan holda, Platformaga tegishli tuzatishlar kiritib boriladi.
  • Platformaga quyidagi ma’lumotlar kiritib boriladi, jumladan:
  • iqtisodiyot tarmoqlarida rasman band bo‘lgan aholi soni;
  • davlat va nodavlat OTMlari bitiruvchilarining o‘qishni tamomlagandan so‘ng rasman bandligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • mehnat resurslari balansi, mehnat bozorida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bandlik darajasi haqida;
  • "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish (NEMIS)" axborot tizimida mavjud bitiruvchilar va OTMlar to‘g‘risida;

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • davlat buyurtmasini shakllantirishda ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash va buyurtmani yuqori turuvchi organlarga taqdim etish;
  • ish beruvchilarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash tartibi;
  • iqtisodiyot tarmoqlarini mutanosib rivojlantirib borish maqsadida davlat buyurtmasini shakllantirishda ustuvorlik beriladigan yo‘nalishlarni aniqlash.

2025-yildan 4-yillik davr uchun davlat buyurtmasi parametrlarini oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq ravishda tasdiqlash uchun ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga har yili 1-mayga qadar kiritish ta’minlanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling